empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Foreksda kun ichidagi savdo (deytreyding) bir kun mobaynida bitta yoki bir nechta bitimni amalga oshirishdan iborat. Odatda, bitimni ochish va yopish o'rtasidagi vaqt oraliqlari bir necha daqiqadan bir necha soatni tashkil etadi.

Kun ichidagi savdo savdo valyuta bozorida juda faol o'rinni egallagan treyderlar o'rtasida ayniqsa ommabop bo'ldi. Asosan bular, Foreksda har kuni ishlayotgan treyderlardir.

Deytreydingning ayrim murakkabliklariga qaramay savd qilishning mazkur turi yangi ishga kirganlar orasida ham, tajribali treyderlar o'rtasida ham juda keng tarqalgan. Kun ichida olib boriladigan savdo eng kam mablag'dan foydalangan holda maksimal qisqa vaqt oralig'ida foyda olish imkoniyati bilan o'ziga jalb qiladi.

Kun ichida olib boriladigan savdoda ijobiy natijaga erishish uchun uchun Foreksda narxlarning harakatlanishiga nisbatan to'g'ri bashorat qilish muhimdir, chunki juda ko'p tashqi omillar valyuta bozorining yuqori darajada o'zgaruvchanligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun kun ichidagi savdo muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bozordagi vaziyatni diqqat bilan kuzatish, dalillarni taqqoslash va u yoki bu valyutaning narxi o'zgarishiga nisbatan xulosalar chiqarish hamda bunda bitimlarning ochilishida va yopilishida kirish va chiqish nuqtalarini o'z vaqtida topish uchun yaxshi ta'sirlanish kuchiga ega bo'lish zarur. Texnik tahlil bo'yicha chuqur bilimlarni sabr va kuzatuvchanlik bilan birga qo'shib, treyder nisbatan kamroq darajadagi xatar bilan yaxshigina foyda olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Deytreyding uchun bir necha strategiya mavjud. Ulardan eng ko'p tarqalgani skalping-tizimi hisoblanib, u bir kun mobaynida bir necha pozitsiyalarni tez ochilishini va yopilishini nazarda tutadi. Treyder qisqa vaqt oralig'ida ko'p sondagi muvaffaqiyatli yakunlangan bitimlar hisobiga daromad olib, foydaning atigi bir necha punktiga erishganda bitimlarni yopadi.

Yana bir ommabop strategiya yangiliklar bilan savdo qilish hisoblanadi. O'zi uchun yangiliklar bilan savdo qilishni tanlab olgan treyderlar valyuta bozoridagi voqealarni doimiy ravishda kuzatib borishadi. Turli xil vaziyatlarda valyutalarning holatini tahlil qilishadi va taqqoslashadi. Odatda, yangiliklar bilan savdo qilish bozorning rivojlanishini uzoq vaqt o'rganishni va mos ravishda savdo qilishning ma'lum tajribasini to'planishini talab etadi.

Shuningdek, qaytishlarda savdo qilish tizimi ham mavjud, bunda bozorning faolligi kichik bo'lganda pozitsiyalar trendga qarshi ochiladi.

Kun ichidagi savdo o'z ichida eng samarali savdo vositalarini va treydingga eng ko'p bo'sh vaqtini bag'ishlashga tayyorligini mujassamlashtiruvchi to'g'ri tartibga solingan savdo strategiyasida yuqori daromad manbai bo'lishi mumkin.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.