empty
 
 
uz
Qo'llab-quvvatlash
Hisob-varag'ini tez ochish
Savdo platformasi
To'ldirish / Yechish

Xalqaro Forex valyuta bozori - bu shunday bozorki, u yerda bir xil valyutalar sotib olinadi va boshqalariga sotiladi. Bugungi kunga kelib Foreks bozori eng katta va daromadli moliya bozorlaridan biri hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan operatsiyalarning savdo hajmi kuniga taxminan 4 trillion dollarni tashkil etadi. Bozor ishtirokchilari bo'lib banklar va moliyaviy kompaniyalar kabi, xususiy shaxslar - treyderlar ham hisoblanadi. Forex bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, u boshqa moliya bozorlaridan farqli o'laroq domiy pul topish imkoniyatini berib, hafatasiga besh kun kuchayu-kunduz ishlaydi.

Forex bozorida ishlayotgan treyder arzimagan miqdorda mablag' qo'yib juda katta miqdordagi mablag' ishlab topish imkoniga egadir. Biroq treyder Forex bozorida pul ishlab topishdan tashqari u yana komissiya ham to'laydi. Forex bozoridagi komissiyalar - bu savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun undiriladigan to'lovdir. Forexda komissiya valyutani sotib olish va sotish bo'yicha bitimlarni amalga oshirish uchun undiriladi. Forexda asosiy komissiya - bu spreddir. Spred - bu valyutani sotib olish va sotish o'rtasidagi farqdir. Treyder to'laydigan komissiyalar ham mavjud, masalan mablag'larni yechib olish uchun yoki bitimni ochish uchun.

Odatda, Forex komissiya - bu uncha katta bo'lmagan pul mablag'idir, biroq, agar treyder bir kunda bir necha bitimni ochib va yopib, qisqa muddatli davrda ishlasa, bunda komissiya ancha yubori bo'ladi.

    Odatda, komissiyaning maqdori ma'lum bir omillarga bog'liq bo'ladi:
  • Valyuta juftligining oson pullanishi. Mana, masalan, ommabop valyuta juftliklari ekzotik valyuta juftliklariga nisbatan ancha kamroq savdo komissiyasiga ega. Odatda, klassik va ekzotik valyuta juftliklari orasidagi komissiyalarning qiymati bir necha marta farq qilishi mumkin.
  • Shuningdek, o'tkaziladigan operatsiyaning hajmi ham ahamiyatga ega bo'ladi. Juda kichik yoki aksincha, katta operatsiyani bajarganda komissiya ham ancha yuqori bo'ladi.
  • Shuningdek, Forex komissiyaning miqdori treyder ishlayotgan savdo hisob-varag'ining turiga ham bog'liq bo'ladi.
  • Forex komissiyaning miqdoriga bozorning holati ham katta ta'sir ko'rsatadi. Makroiqtisodiy yangiliklar chiqishi, tajribali treyderlarning prognozlari chiqishi davrida komissiyaning miqdori ortadi. Bundan tashqari, sutka vaqti yoki taqvim bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan likvidligi past darajada bo'lganda komissiya miqdori ortadi.

Forex komissiyaning yoki boshqacha aytganda - spredning bir necha ko'rinishi farq qilinadi. Qayd etilgan va suzuvchi, standart yoki uncha katta bo'lmagan hisob-varaqlari uchun spred mavjud. Qayd etilgan spred – bu bozorda yuz beradigan har qanday holatlarda ham o'zgarishsiz qoladigan komissiyadir. Suzuvchi spred - bu bozorda barqaror vaziyat bo'lganda 2 punktni tashkil etadigan komissiyadir, biroq, agar bozorda oldindan kutilmagan o'zgarishlar yuz bersa, u holda u 40-50 punktga orttirilishi mumkin.

Xalqaro valyuta bozorida savdo qilish uchun Forex brokerni tanlab oluvchi treyder taklif etilayotgan spredning miqdorini ham hisobga olishi kerak. Treyder barcha xarajatlarni o'z zimmasiga olishi kerak. Treyder barcha xarajatlarni o'z zimmasiga olishga va'da beruvchi brokerlardan qoshichi kerak, chunki brokerning ish haqi treyderning bitimni o'tkazish uchun komissiya sifatida to'laydigan spreddan iborat. Treyder bitimlarni amalga oshirish uchun to'lov sifatida spreddan foydalanadigan qo'shimcha komissiyalarsiz bozorda ishlash imkoniyatini taqdim qiladigan brokerga afzallik berishi kerak. Foreks brokerda savdo hisob-vaarig'ini ochishdan avval ularni tahlil qiling.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.